Jamiyat | 12:27 / 12.08.2015
4692
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi yuan devalvatsiyasini “ijobiy odim” sifatida baholadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Xitoy milliy bankining milliy valyutani devalvatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorini ijobiy qarshi oldi, deya xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Xalqaro moliyaviy institut bu yuanning bozor haqiqatlariga yaqinlashuviga olib keladi, deb hisoblamoqda.

“Xitoy ayirboshlash kursi moslashuvchanligining ortishi mamlakat uchun juda muhim bo‘lib, hukumat bozor tamoyillarini joriy etishi va jahon moliyaviy bozoriga integratsiyalashuvni tezlashtirishga harakat qilishiga to‘g‘ri keladi”, deyiladi jamg‘arma xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish