20:41 / 12.08.2015
2863

Xristo Stoichkov: Van Gaal «MYu»ni barbod qilmoqda

Bolgariyalik sobiq futbolchi Xristo Stoichkov "MYu" bosh murabbiyi Lui van Gaalni tanqid qilib o‘tdi.

"Men hech qachon van Gaalning qo‘l ostida ishlamagan bo‘lar edim. U bir vaqtlar "Barselona"ni barbod qilgan va endi "Manchester Yunayted"ning boshiga shu kunni solmoqda.

Valdesga nisbatan qilgan ishidan so‘ng u qay darajada yomon odam ekani aniq bo‘lib ulgurgan edi. Umid qilamanki, Pedro menga quloq soladi va "MYu"ga o‘tmaydi", - deydi Stoichkov Onda Cero nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, gollandiyalik mutaxassis Lui van Gaal 1997 yilda "Barselona"ga bosh murabbiy bo‘lib kelgach, 1990 yildan beri jamoa safida bo‘lgan Stoichkov Ar-Riyodning "Al-Nasr" jamoasiga sotib yuborilgandi.

Top