Iqtisodiyot | 18:36 / 13.08.2015
2792
2 daqiqa o‘qiladi

2015 yilning birinchi yarmida Rossiyada Coca-Cola’ning savdosi 1-3 foizga tushib ketdi

2015 yilning birinchi yarmida Rossiyada Coca-Cola kompaniyasining mahsulotlari savdosi natural ko‘rinishda 1-3 foizga tushib ketdi, deb aytilmoqda Coca-Cola’ning Rossiya va bir qator boshqa davlatlardagi eksklyuziv vakili hisoblangan Coca-Cola Hellenic Bottling Company (HBC)’ning hisobotida.

2015 yilning birinchi yarmida Coca-Cola brendi ostidagi ichimliklarning savdosi 0,7 foizga tushib ketdi. Pasayish bozordagi beqaror vaziyat ortida sodir bo‘ldi, deyilmoqda hisobotda. Kompaniya strategik qarorlar, xususan may oyida yangi mahsulot – Coca-Cola Zero’ni iste'molga chiqargani va turli reklama tadbirlari tufayli bundan ko‘proq pasayishga yo‘l qo‘ymadi.

Coca-Cola’ning bozorning sharbatlar segmentidagi savdosi sezilarli o‘sishni namoyon qildi, bu o‘sish umumiy hisobda 18,5 foizni tashkil qildi. O‘sishga asosan kompaniya tarkibida bir yildan beri bo‘lgan “Moya semya” brendi sabab bo‘ldi. Bu brendning savdosi hisobga olinmaganda, kompaniyaning sharbatlar segmentidagi o‘sishi 9,8 foizni tashkil qildi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, sharbatlar segmentidagi yuqori ko‘rsatkichlar gazlangan ichimliklar savdosidagi pasayishni qoplay olmagan.

2014 yilda Coca-Cola HBC’ning savdosi 1 foizga o‘sgan edi.

2015 yilning dastlabki 6 oyida umumiy tushum 1 foizga, ya'ni 3,15 mldr yevrogacha tushib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish