07:10 / 13.08.2015
2933

Afg‘onistonda politsiyachilar kiyimidagi tolibon jangarilari 15 politsiyachini otib o‘ldirdi

Afg‘onistonning G‘ilmon viloyatida politsiyachilar kiyimi kiyib olgan tolibon jangarilari huquq-tartibot muassasasi binosiga kirib, u yerdagi 14 nafar politsiyachini otib tashladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Nashr manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, jangarilar politsiya mahkamasiga avtomobillarda kelib, 14 politsiyachini o‘ldirib, ularning qurol-aslahasini olib ketgan. So‘ngra jangarilar nazorat-o‘tkazish punktidagi yana bir politsiyachini otib o‘ldirgan.        

G‘ilmon viloyati gubernatori matbuot kotibi Umar Zuak jangarilar hujumi oqibatida 9 kishi halok bo‘lganini aytgan. Biroq “Tolibon” vakili Qori Yusuf Ahmadiyning aytishicha qurbonlar soni 12 nafarni tashkil qilmoqda.

Top