16:16 / 13.08.2015
2520

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasida Buyuk Britaniya elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

12 avgust kuni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi J. Edgarning diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda savdo-sanoat palatasining sayti orqali xabar berildi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarning rivojlanish istiqbollarini, shuningdek, turli loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Elchi o‘z navbatida palataga hamkorlikdagi loyihalar ijrosidagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra hamkorlikning yangi yo‘nalishlari hamda eski loyihalarni davom ettirish borasida kelishuvga erishildi.

Top