Jahon | 15:14 / 13.08.2015
1813
1 daqiqa o‘qiladi

Chelyabinsk aeroportida reysning kechikishi tufayli 140 kishi o‘z manziliga yeta olmadi

“Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining U6 609 reysini amalga oshirayotgan samolyotining parvozi kechikishi natijasida Chelyabinskning “Balandino” aeroportida ko‘p miqdorda yo‘lovchilar to‘planib qoldi. Bu haqda aeroport matbuot kotibi Yelena Lyaxovaning so‘zlariga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Yo‘lovchilar mahalliy vaqt bilan soat 6:40da uchib ketishi kerak edi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, reys soat 12:00ga ko‘chirildi. Samolyot Moskvadan uchib kelib, yo‘lovchilarni poytaxtga olib ketishi kerak edi, ammo u haligacha “Balandino”ga yetib kelmadi”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Reysga 152 kishi chipta sotib olgan, shulardan 140 nafari ro‘yxatdan o‘tgan. Ular haligacha kutish zalida qolmoqda. Aeroport ularni suv bilan ta'minlab turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish