Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbol bo‘yicha Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi stadiondagi mushtlashuvi sabab bo‘shatib yuborildi
Futbol bo‘yicha Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Vanchope Panamadagi stadionda qo‘riqchi bilan mushtlashgani sababli o‘z lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Vanchope Kosta-Rika terma jamoasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli futbolchilardan biri hisoblanadi.
Bundan oldinroq Olimpiada—2016 saralashining Kosta-Rika va Panama (0:0) yoshlari o‘rtasidagi uchrashuvi vaqtida Vanchope hakamning qaroridan norozi bo‘lib u tomon talpinganida qo‘riqchilardan biri uni maydonga tushishiga yo‘l qo‘ymagani oqibatida mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.