Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hammond: "Eron sabog‘i" Shimoliy Koreya yadroviy muammosini hal etishga yordam berishi mumkin
Eron bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyat boshqa masalalar, jumladan, Koreya yarimorolidagi yadroviy muammoni ijobiy hal etishda qo‘l kelishi mumkin, deydi Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filip Hammond.
Vazir Pekin universitetida ikki davlat munosabatlariga bag‘ishlangan uchrashuv chog‘ida “Xitoy va Britaniya uzoy yillar mobaynida sabr va qat'iyat bilan Eron yadroviy dasturi masalasini to‘liq tinchlik yo‘li bilan hal etish ustida ish olib bordi. Bunda AQSh, Fransiya, Germaniya va Rossiya bilan hamkorlar kabi ishladik. O‘tgan oyda Vena shahrida ko‘ptomonlama diplomatiyaning yirik muvaffaqiyatini o‘zida mujassam etgan kelishuvga erishdik”, deya qayd etib o‘tdi.
Hammondning ta'kidlashicha, agarda Eron muammoni hal etishdagi asosiy ishtirokchi sifatida o‘zini risoladagidek tutsa, mazkur kelishuv yadroviy muammolar chegarasidan chiqib, Yaqin Sharq uchun ham katta ijobiy qadam bo‘lishi mumkin.