00:32 / 13.08.2015
9354

Xitoy sharqida kuchli portlash yuz berdi

Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Tyantszin port shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash sohilbo‘yi hududida joylashgan omborxonalardan birida yuz berdi. Portlash kuchli bo‘lganidan yaqin-atrofdagi ba'zi turar-jon binolarining oynasi sinib ketgan, eshiklar ilmog‘idan chiqib ketgan. Mahalliy aholi portlashdan keyin yer qimirlaganini his qilgan. Voqea joyida kuchli yong‘in chiqqan.

Guvohlarning aytishicha, portlash oqibatida katta olovli shar hosil bo‘lgan. Bunga omborxonada saqlangan zararli moddalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Voqeaning batafsil sabablari hozircha noma'lum qolmoqda. Jabrlanganlar haqida ma'lumot olindi, biroq ularning aniq soni aytilmayapti.

Top