Sport | 01:59 / 13.08.2015
3375
1 daqiqa o‘qiladi

Mariya Sharapova ketma-ket 11-marotaba dunyoning eng serdaromad ayol sportchisi bo‘ldi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Forbes jurnali talqini bo‘yicha ketma-ket 11-marotaba dunyoning eng serdaromad ayol sportchisi bo‘ldi. Sharapova 2014 yilning iyunidan 2015 yilning iyunigacha davr mobaynida qariyb 30 mln dollar daromad, jumladan 6,7 mln dollar musobaqalardan va 23 mln dollar homiylik shartnomalaridan oldi.

Dunyoning eng serdaromad o‘n nafar ayol sportchilari ichidan 7 nafarini tennischilar tashkil qilmoqda: Serena Uilyams – 2-o‘rin (24,6 mln dollar), Karolin Voznyatski – 3-o‘rin (14,6 mln dollar), Ana Ivanovich – 5-o‘rin (8,3 mln dollar), Petra Kvitova – 6-o‘rin (7,7 mln dollar), Simona Xalep – 7-o‘rin (6,8 mln dollar), Agneshka Radvanska 10-o‘rinni (6 mln dollar) egallamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish