Jahon | 18:01 / 13.08.2015
2054
1 daqiqa o‘qiladi

Medvedev hukumat Rossiyadagi ichki sayyohlikni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ma'lum qildi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev hukumat Rossiya ichidagi sayyohlik biznesini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Sayyohlik sohasi ancha tez rivojlanib, sarmoyalar va davlat tomonidan e'tiborni talab qiladi”, deb aytdi Medvedev sayyohlik sohasida 2014 yil uchun hukumat mukofotlarini topshirish marosimida.

Medvedev lauretlarga yuzlanib, ularning barchalari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishganlarini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Rossiya va MDH bo‘ylab sayohat qilgan rossiyaliklar soni 2015 yilda o‘sgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish