Jahon | 21:43 / 13.08.2015
8095
2 daqiqa o‘qiladi

OAVlar Dubayni sayyoramizdagi eng bashang joy deb atadi

Business Insider nashri Dubayni sayyoramizdagi reallikdan eng yiroq bo‘lgan joy deb atadi. Buning isboti sifatida 17 ta banddan iborat ro‘yxat keltirilmoqda. Xususan, maqolada aytilishicha, Dubay politsiyasi xizmat avtomobillari sifatida 1,79 mln dollar turadigan superkarlardan foydalanadi.

Bundan tashqari, Dubayda dunyodagi eng serhasham mehmoxona Burj Al Arab mavjud. Mahalliy mehmonxonalardagi bir kunlik yashash narxi ko‘pchilik odamlarning bir yillik daromadidan ko‘proq turadi, deb yozmoqda nashr.

Dubayda, shuningdek, dunyodagi eng baland imorat “Burj-Xalifa” joylashgan bo‘lib, bu imorat 4 ta jahon rekordchisi hisoblanadi. Shuningdek, Dubayda dunyodagi eng katta aeroport barpo etilmoqda. Bu yerda sun'iy yaratilgan Palma orollarini uchratish mumkin.

Ro‘yxatdan dunyodagi eng katta savdo markazi Dubai Mall va yanada kattaroq o‘lchamdagi Mall of The World savdo markazini qurish rejalariga bag‘ishlangan bandlar ham o‘rin olgan. Ro‘yxatga, shuningdek, mashhur Dubai World Cup ot poygalari ham kiritilgan.

Nihoyat, nashr 24 karatli oltindan foydalaniladigan spa-xizmatlar, iste'mol qilish mumkin bo‘lgan oltin qo‘shilgan “Qora brilliant” muzqaymog‘i va 1,3 ming dollardan ko‘proq turadigan “Brilliantlar umrbod” kokteylini ham eslab o‘tgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish