«Oq xakerlar» sms-xabar orqali Chevrolet Corvette avtomobilini boshqara olishdi
O‘zini ”oq xakerlar” deb atovchi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari jamoasi masofadan turib sms-xabar orqali Chevrolet Corvette avtomobili tizimlarini boshqara oldilar. Bu haqda Wired nashri xabar bermoqda.
Yaxshi niyatda xavfsizlik tizimini sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi xakerlar istalgan yengil yoki yuk mashinasini, agar ularda bort kompyuteriga kiritiladigan tiqin-kalitlar ishlatilsa, boshqarish mumkinligini aniqlashdi. Bu kalitdan sug‘urtachilar va avtomobillarda yuk tashishlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar yoqilg‘i sarfining samaradorligini va o‘tilgan masofani o‘lchash uchun foydalanishadi.
“Biz shunday qurilmalardan bir nechtasini olib, uning dasturini kodlarga bo‘lib, xavfsizlik tizimida anchagina nuqsonlarni aniqladik”, deb aytdi jamoaga rahbarlik qiluvchi, universitetda kompyuter fanlaridan saboq beruvchi professor Stiven Sevej.
Tadqiqotchilar maxsus yozilgan kod fragmentlariga ega bo‘lgan sms-xabarni avtomobilga yuborib, avtomobilning old oynasidagi oyna tozalagichlarni ishga tushira oldilar, mashinani tormozlash yoki u kichik tezlikda ketayotganda umuman tormoz tizimini o‘chirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldilar. Tajribada ishtirok etgan ko‘ngillining aytishicha, bort kompyuteri signal olgandan keyin, tormoz pedali istalgan kuchdagi bosishlarga javob bermay qolgan.