Jahon | 16:50 / 13.08.2015
5078
2 daqiqa o‘qiladi

Pekinda qilich bilan qurollangan erkak ayol kishini chopib tashladi

Oysimon qilich bilan qurollanib chiqqan erkak Pekin ko‘chalarida o‘tkinchilarga tashlandi, deya xabar berdi The Wall Street Journal nashri.

Uning aqlsiz xatti-harakati natijasida bir xitoylik ayol hayotdan ko‘z yumdi, yana bir fransuz jarohat oldi.

Hodisa Xitoy poytaxtining savdo-sotiq markazidagi Sanlitun (Sanlitun) ko‘chasida joylashgan Uniqlo do‘koni ro‘parasida sodir bo‘ldi. Politsiya ma'lumotiga qaraganda, jinoyatchi qilich bilan “noma'lum sabablarga ko‘ra” ikki o‘tkinchiga jarohat yetkazgan. Jabr ko‘rganlar tezda shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ulardan biri jarohatlari sababli hayotdan ko‘z yumgan.

Politsiya jinoyatchini qo‘lga olgan. Ma'lum bo‘lishicha, u Tszilin provinsiyasidan kelgan 25 yoshli Gao familiyali shaxs bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, Xitoy hukumati ichki dushmanlarga qarshi kurash uchun tashqi mudofaa masalalaridan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish