Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada AQSh va YeI fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish taklif qilinmoqda
Rossiyada AQSh va YeI fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish taklif qilinmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga viza tartibini liberallashtirish bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi. Gazeta.ru saytining yozishicha, tavsiyalar keyingi hafta Qrimda o‘tkaziladigan Davlat kengashi prezidiumida e'lon qilinadi.
Ishlab chiqilgan tavsiyalarda 20 davlat, shu jumladan, AQSh, Avstraliya, Yevropa davlatlari fuqarolari bo‘lgan turistlarga mamlakat ichida vizasiz 72 soat bo‘lish huquqini berish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda bunday tartib Rossiyaga suv yo‘li bilan kirgan chet ellik turistlarga nisbatan joriy qilingan.
Liberallashtirish ishlari Rossiya orqali Yevropa va Osiyo fuqarolarini nazarda tutadi. Vizasiz mamlakatda bo‘lishning muhim sharti sifatida turistda aviachipta tibbiy sug‘urta bo‘lishi ko‘rsatilmoqda. Imtiyozlar 12 aeroportdan kelgan xorijliklarga taqdim etiladi. Bular Moskvaning uchta aeroporti, shuningdek, Peterburg, Yekaterinburg, Sochi, Samara, Kaliningrad, Vladivostok, Qozon, Xabarovsk va Novosibirsk aeroportlaridir.
Bunday chora-tadbirlarga TIV qarshi chiqmoqda. Idoraning ta'kidlashicha, vizasiz tartib faqat ikki tomonlama joriy qilinishi kerak. Ya'ni boshqa davlatlar ham Rossiya fuqarolari uchun viza tartibini yengillashtirishi shart. Shu bois Davlat kengashi faqat ShHT, BRIKS va YeII davlatlariga bunday imtiyozlarni berishi kutilmoqda.