Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
2015 yilning 5-7 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da “Ipak yo‘lida turizm” an'anaviy Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi o‘tkaziladi. Tadbir tashkilotchilari “O‘zbekturizm” MK, “Buyuk Ipak yo‘li” tashkiloti, shuningdek, Xalqaro turistik tashkilot, O‘zbekiston madaniyat va sport vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati.
Joriy yilda tadbir 21-marotaba o‘tkaziladi. Lotte City Hotel Tashkent Palace birinchi marta yarmarkaning rasmiy mehmonxonasiga aylanadi.
Yarmarka ikkita ekspozitsiyadan iborat bo‘ladi – xalqaro va milliy pavilonlar. Ushbu ekspozitsiyalar O‘zbekiston hamda chet davlatlar turistik kompaniyalari uchun muzokara olib borish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunga qadar dunyoning 8 mamlakatida faoliyat yurituvchi kompaniyalar tadbirda ishtirok etishini ma'lum qildi. Bular sirasida Singapur (Changi Airport Group), Hindiston (India Tourism), Malayziya (Malayziya elchixonasi, Olma-Ota ofisi), Dominikan Respublikasi (Turizm vazirligi vakolatxonasi), Latviya (Yurmala shahar dumasi), Dubay (Dubai Department of Tourism and Commerce Marketing), Vetnam (Victoria Tour and General Commercial Company Limited) bor.
O‘zbekistonning vakillari esa CATS, Miran International Tashkent Hotel va Ramada Tashkent Hotel mehmonxonalari, Sarkor Telecom internet provayderidir. Bundan tashqari, viloyatlar vakillari maxsus stendlar tayyorlab kelishadi.
Yarmarka doirasida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.