Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 08:37 / 13.08.2015
2293
1 daqiqa o‘qiladi
Twitter shaxsiy yozishmalardagi 140ta belgili cheklanishni bekor qiladi
Twitter ijtimoiy tarmog‘i shaxsiy yozishmalardagi 140ta belgili cheklanish bekor bo‘lishini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.
“Biz Android va iOS mobil ilovalari, twitter.com, TweetDeck va Twitter for Mac uchun o‘zgartishlar kiritishni boshlaymiz. Bu bir necha hafta ichida butun dunyo bo‘ylab amalga oshadi”, deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq esa Twitter bosh direktori Dik Kostolo ommaviy mikrobloglar xizmatidagi bitta xabarning maksimal uzunligi uzayishi mumkinligini inkor etmagan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish