Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Utkin pensiyaga chiqayotganini tasdiqladi
"NTV-Plyus" telekanalining sport direksiyasi bosh muharriri bo‘lib ishlab kelayotgan sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin pensiyaga chiqishi haqida ma'lum qildi.
Biroz oldinroq, u "Gazprom-media" sport xoldingiga Vasiliy Konovning bosh muharrir bo‘lganiga o‘z munosabatini tvitteri orqali bayon etib o‘tgandi.
U "pensiyaga chiqaman", deb tvit yozgan.
Undan oldinroq, Vasiliy Utkin “Match TV” telekanalining bosh prodyuseri etib tayinlangan Tina Kandelaki rahbarligida ishlash sharmandali deb hisoblashini ma'lum qilgandi.
22 iyulda Tina Kandelaki tarkibida “Match TV” telekanali bo‘ladigan yirik sport xoldingining bosh prodyuseri etib tayinlangani ma'lum qilingandi. Kandelaki bunga izoh berib, “unga noldan boshlab yirik televizion sport tahririyatini qurish juda qiziq bo‘lishini” aytgan.