Sport | 14:45 / 13.08.2015
1695
1 daqiqa o‘qiladi

Viktor Valdes «Antalyaspor» bilan shartnoma tuzadi

"Manchester Yunayted" jamoasining ispaniyalik darvozaboni Viktor Valdes faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Fanatik nashri xabariga ko‘ra, 33 yoshli darvozabon turklar jamoasi bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan. Endilikda, "MYu" va "Antalyaspor" o‘rtasida transfer shartnomasi tuzilishi kutilmoqda.

Futbolchining inglizlar jamoasi bilan shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish