09:00 / 13.08.2015
2467

Xitoy aviakompaniyalari dunyodagi eng noaniq ishlaydigan aviakompaniyalar qatoriga kiritildi

Xitoyning yirik aviakompaniyalari dunyodagi o‘z vaqtida, puxta ishlamaydigan aviakompaniyalar sirasidan deb topildi. Bu haqda Xitoyning Civil Aviation Data Analysis kompaniyasi tomonidan tayyorlangan aviakompaniyalar reytingida aytilgan.

Tadqiqot mualliflari dunyoning 103ta aviakompaniyasi ishining samaradorligini baholab chiqishdi. Olingan natijalar Xitoy uchun quvonchli bo‘lmadi. Xitoyning uchta yirik aviakompaniyasi – China Southern Airlines, Air China va China Eastern Airlines ushbu ro‘yxatning eng pastki qatorlaridan joy oldi. Ular orasida China Southern Airlines kompaniyasi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi – bu kompaniya samolyotlari amalga oshirilgan jami reyslarning 70,45 foizida o‘z vaqtida uchib, o‘z vaqtida manzilga yetib kelgan. Bu ko‘rsatkich kompaniyaga 86-o‘rinni egallashga imkon berdi. Uning asosiy raqobatchilari Air China va China Eastern aviakompaniyalari jadval bo‘yicha 66,41 va 64,46 foiz holatda reysni vaqtida amalga oshirgan bo‘lib, mos ravishda reytingda 93- va 94-o‘rinlarni egalladi.

Xitoy kompaniyalari uchun yana bir ayanchli holat shu bo‘ldiki, Xitoy aviakompaniyalaridan birortasi ham yuqori 30talikka kira olmadi. Kontinental Xitoy aviakompaniyalari ichida Okay Airways va Shandong Airlines kompaniyalari bu borada reytingda 80- va 81-o‘rinlarni egalladi. Tayvanning TransAsia Airways aviakompaniyasi 84,72 foiz holatda o‘z vaqtida uchgan samolyotlar bilan 65-o‘rinni egalladi. Gonkongning Cathay Pacific Airways aviakompaniyasi esa 74-o‘rinni egalladi.

Top