16:56 / 13.08.2015
4595

Yangiyer shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

«Davarxitektqurilish” qo‘mitasining 2015 yil 21 iyuldagi 8-sonli qarori bilan Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrining bosh rejasi tasdiqlandi.

Bosh reja “O‘zshaharsozlikLITI” DUK loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilib, shaharning 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga rivojlanish istiqbolini belgilab beradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi xabar bergan.

Bosh rejaga muvofiq shahar aholisi soni 48,0 ming kishigacha, hudud maydoni 3465,8 gektargacha va uy-joy fondi 1008,0 ming m.kv. gacha o‘sishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bosh rejada ijtimoiy, muhandislik va transport infratuzilmalarining istiqbolli rivojlanishi hamda atrof muhitining ekologik holatini yaxshilash masalalari rejalashtirilgan.

Top