Jahon | 11:34 / 13.08.2015
3794
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ta'tilning birinchi kuni 45 kmli tirbandlik vujudga keldi

Hayotdan ko‘z yumganlarni xotirlashga bag‘ishlangan an'anaviy "o-bon" kuni munosabati bilan joriy etilgan yozgi ta'tilning birinchi kunida 45 kilometrga cho‘zilgan tirbandliklar vujudga keldi, deyiladi mamlakat yo‘l harakati axborot markazi xabarida.

"O-bon" kuni munosabati bilan o‘zlarining qadrdon qishloqlari va oilaviy qabristonlariga ommaviy qaytayotgan yaponiyaliklar sababli yirik shaharlarga eltuvchi yo‘llarda tirbandliklar paydo bo‘lgan. Saytama prefekturasidagi "Kan'etsu" tezyurar yo‘lida 45 kilometrlik tirbandlik kelib chiqqan bo‘lsa, Yaponiya shimoli-sharqidagi “Toxoku” avtomagistralida 35, janubiy Kyusyu orolida ham 35 kilometrlik avtoqatorlar vujudga kelgan.

Yapon temir yo‘llar kompaniyalarining ma'lum qilishicha, "Shinkansen" tezyurar poyezdlari uchun chiptalar chorshanba kuni to‘liq sotib yuborilgan. Ayni vaqtda, aviakompaniyalarda ham chiptalar qolmagan. Biroq bugun samolyotlarda bo‘sh o‘rinlar paydo bo‘lgan.
Shanba-yakshanba kuni odamlarning ta'til tugab, ortga qaytishi navbatdagi tirbandliklarni keltirib chiqarishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish