08:59 / 14.08.2015
2599

“Taxtlar o‘yini”ni ko‘ruvchilarning yuraklari tezroq ura boshlashi aniqlandi

Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi Brendon Bellinjyer mashhur “Taxtlar o‘yini” serialining qismlaridan birini tomoshabinlarga qo‘yib berib, Apple Watch uchun o‘zi yaratgan maxsus ilova yordamida ularning yurak muskullari qisqarishini tekshirdi. Aniqlanishicha, jang sahnasi chog‘ida yurak ayniqsa tez uradi.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Cardiogram ilovasi yurak urishidagi o‘zgarishlarni atrofda sodir bo‘layotgan voqealar bilan qiyoslaydi. Tajriba davomida Bellinjyer 10 nafar ko‘ngilliga beshinchi mavsumning sakkizinchi qismini qo‘yib bergan. Ushbu qismda bir qator qahramonlar fojiali halok bo‘ladi, shuningdek, syujyet bilan bog‘liq ayrim sirlar ochiladi.
Sinovdagilar qismni ko‘rishni boshlaganlarida ularning yuragi daqiqasiga 84 marta urayotgan edi. Bu ularning televizor qarshisiga kelganiga qadar harakatlanganligidandir, keyinroq erkaklarning yuragi daqiqasiga 72 marta, ayollarning yuragi esa 76 marta ura boshlagan.
Ekranda harbiy to‘qnashuvlar tasvirlangan yoki hayajonli vaziyat yuzaga kelganida yurak urishi daqiqasiga 92 martaga yetgan.

Top