Sport | 22:16 / 14.08.2015
2026
2 daqiqa o‘qiladi

14 avgustda futbol bo‘yicha Germaniya chempionati boshlanadi

14 avgustda futbol bo‘yicha Germaniya chempionatiga start beriladi. Chempionatni “Bavariya” va “Gamburg” o‘rtasidagi uchrashuv ochib beradi.

Germaniya chempionatining oxirgi uch mavsumida chempionlikni “Bavariya” qo‘lga kiritdi va jami chempionatdagi unvonlari sonini 25 taga yetkazdi. Xosep Gvardiola shogirdlari bu yili ham chempionlikni qo‘lga kiritishlarining ehtimoli kattaligi aytilmoqda.
Yangi mavsumda quyidagi 18 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi: "Bavariya" (Myunxen), "Volfsburg", "Borussiya" (Menxengladbax), "Bayyer" (Leverkuzen), "Augsburg", "Shalke" (Gelzenkirxen), "Borussiya" (Dortmund), "Xoffenxaym", "Ayntraxt" (Frankfurt--Mayna), "Verder" (Bremen), "Maynts", "Keln", "Gannover", "Shtutgart", "Gerta" (Berlin), "Gamburg", "Ingolshtadt" i "Darmshtadt".

Yangi mavsumda uchta birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 2016/17 yillarda Chempionlar Ligasining guruh bosqichida, 4-o‘rinni egallagan jamoa esa saralash bosqichida ishtirok etadi. Chempionatda 5-o‘rinni egallagan va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan jamoalar Yevropa Ligasi guruh bosqichida, 6-o‘rinni egallagan jamoa esa saralash bosqichida ishtirok etadi. Bundesligada 16-o‘rinni egallagan jamoa ikkinchi bundesliganing 3-o‘rindagi jamoasi bilan bundesligada keyingi mavsumda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun bellashadi.

Germaniya chempionatida ochkolar bir xil bo‘lganda urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 1-mezon, urilgan to‘plar soni esa 2-mezon hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, bundesligaga 1963 yili asos solingan. Birinchi Germaniya chempionati 1903 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda “Leyptsig” jamoasi g‘olib bo‘lgan. Turli yillarda Germaniya/GFR chempionatini 29 ta jamoa yuta olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish