Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden yordamchisi: AQSh hukumati sanktsion siyosatning ommalashmasligini tushunadi
AQSh vitse-prezidenti Jozef Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Kolin Kalning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati ularning sanktsion siyosati nima sababdan dunyoda ommalashmayotganini tushunadi, deyiladi TASS xabarida.
“Bizning ko‘plab turli sohalarda sanksiyalarni qo‘llashimiz va u ko‘pchilikka uncha ma'qul kelmasligi ayni haqiqat. Bundan nafaqat sanksiyalar joriy etilayotgan mamlakatlar, balki, to‘g‘risini aytganda, sanktsion koalitsiyasidagi hamkorlarimiz ham norozilik bildirishadi. Chunki bu ishlar haqiqiy to‘xtalishlar bilan ilgari suriladi”, deya qayd etib o‘tdi u.
Vitse-prezident yordamchisining fikricha, Eron bilan bog‘liq kelishuv amalga oshmasa, sanktsion rejimni qo‘llab-quvvatlash zarurati ushbu mamlakatga qaratilgan siyosat bo‘yicha siyosiy kelishuvni barbod qilishi mumkin.