Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blatter Yevropadagi ligalarni Rossiyadan o‘rnak olib, "6+5" limitini joriy etishga chaqirdi
FIFA prezideni Yozef Blatter Yevropa mamlakatlariga legionerlar borasida Rossiyadan o‘rnak olishni taklif qildi.
FIFAning rasmiy jurnali The FIFA Weekly haftalik nashriga bergan intervyusida tashkilot rahbari maydonda besh nafardan ortiq legionerlarning bo‘lmasligi mahalliy iqtidorlarning rivojlanishiga sabab bo‘lishini aytdi.
Uning so‘zlariga qaraganda bunday limitning qo‘llanilishi JCh-2018 oldidan Rossiya terma jamoasiga ijobiy ta'sir qiladi. Blatter misol uchun Angliyada umumiy o‘yin vaqtining 77 foizi legionerlarga tegishli bo‘lganini keltirdi.