Fan-texnika | 08:34 / 14.08.2015
3440
1 daqiqa o‘qiladi
Dizayner yig‘iluvchi iPhone 6 loyihasini ishlab chiqdi
Gollandiyalik dizayner Martin Xayyek o‘z saytida yig‘iluvchi iPhone 6 loyihasini e'lon qildi.
Xayyekning oydinlik kiritishicha, Yaponiyada ayni ayni kunlarda ham “garakei” deb nomlangan yig‘iluvchi mobil telefonlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Shu sababdan yig‘iluvchi iPhone telefonlari ham mamlakatda ommalashishi mumkin.
Buning uchun Xayyek ikkita ommaviy qurilmani bir loyihada jamlashga qaror qildi va o‘z kashfiyotini garakeiPhone deya nomladi.