09:53 / 14.08.2015
2642

Fidel Kastro 89 yoshga chiqqan kunida Boliviya va Venesuela rahbarlari bilan uchrashdi

Kuba inqilobiy harakati yetakchisi Fidel Kastro 89 yoshga to‘lgan kunini davlatning eng yaqin ittifoqchilari bo‘lmish Boliviya va Venesuela prezidentlari bilan o‘tkazdi.

13 avgust kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va Boliviya prezidenti Evo Morales Gavanaga kelgan.

Qayd etish kerakki, Kastro Lotin Amerikasi vakillari bilan AQSh Davlat kotibi Kubaga safar qilishidan 1 kun oldin uchrashdi.

Mikroavtobusda o‘tkazilgan bu uchrashuvda tomonlar nima haqida muhokama o‘tkazishgani noma'lumligicha qolgan.

Top