18:41 / 14.08.2015
15397

Foto: Londonni zabt etayotgan o‘rgimchaklar

Britaniyalik fotorassom Jako Zitsman (Jaco Zietsman) Londonning Terapia-leyn ko‘chasidagi g‘ayrioddiy o‘rgimchak uyasini suratga tushirib, internetga joylashtirdi. Uning kadrlari Mashable e'tiborini tortdi.

Zitsman tvitter orqali o‘z topilmasini 4 avgust kuni e'lon qilgan edi. Biroq OAV uning suratlarini oradan bir hafta o‘tganidan so‘ng payqab qoldi.

Londonlikning aytishicha, u uncha uzoq bo‘lmagan idorada ishlaydi. U kapalak qurtlari qanday qilib avtomobil yo‘lini piyodalar yo‘lagidan ajratib turuvchi yerdagi buta shoxchalariga to‘plangani va bir hafta ichida to‘rli ulkan koloniya barpo etishganini kuzatgan.

 

Guvohlarning aytishicha, kapalak qurtlari bu yerda o‘zlariga boshpana to‘qishgan, shundan so‘ng ulardan yirik o‘rgamchaklar faol foydalana boshlagan.

Mashable suratlarni hashoratlarni bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi Butterfly Conservation tashkilotiga yuborgan. Tashkilot mutaxassislari o‘rgimchaklarning qayerdan paydo bo‘lagini borasida bir to‘xtamga kela olishmadi. Ular suratlarga qarab bir qarorga kelish mushkul.

2012 yilda Daily Mail portali ham shunga o‘xshash hodisa haqida xabar bergan edi. Unda kapalak qurtlari shu yo‘l bilan o‘zlarini turli yirtqich jonivorlardan himoya qilishi aytib o‘tilgandi.

Shuningdek, bu kabi hodisa Pokistonda ham qayd etilgan. Biroq o‘rgimchak to‘rlarini kapalak qurtlari emas, balki o‘rgimchaklar barpo etishgan.

Top