Sport | 08:58 / 14.08.2015
1789
1 daqiqa o‘qiladi

Fox Sports bundesliganing ilk o‘yinini YouTube orqali jonli translyatsiya qiladi

Fox kompaniyasi YouTube bilan portalda Germaniya bundesligasining yangi mavsumidagi ilk o‘yin jonli ravishda translyatsiya qilinishi bo‘yicha kelishib oldi.

Bu Fox Sports tomonidan ilk bor shunday shakldagi hamkorlikka qo‘l urishi bo‘ladi.

Bundesliganing ilk o‘yini 14 avgust oqshomida "Bavariya" va "Gamburg" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi. YouTube orqali aynan shu o‘yin jonli ravishda translyatsiya qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish