Texnologiya | 08:43 / 14.08.2015
2883
1 daqiqa o‘qiladi

HTC shtatni 15 foizga qisqartiradi

Tayvanning smartfon ishlab chiqaruvchi HTC kompaniyasi personla miqdorini 15 foizga qisqartirish rejasini oshkor qildi. Bu bilan xarajatlar 30 foizga qisqarishi aytilmoqda.
2015 yil mart holatiga ko‘ra kompaniya xodimlari soni 15 685 kishini tashkil etib turgan edi. Yil oxiriga qadar ulardan 2 300 nafari ishsiz qoladi.
Bundan tashqari, kompaniya operatsion xarajatlarni 35 foizga qisqartirib, restrukturizatsiya o‘tkazmoqchi, uning doirasida premial smartfonlar, virtual reallik qurilmalari va portativ elektronikaga ixtisoslashgan yangi bo‘linmalar tashkil etiladi.
Direktorlar kengashi raisi va bosh direktor Sher Vonning so‘zlariga qaraganda, HTC biznesini kengaytirib, smartfonlar bozoridan tashqarida ham katta foyda ko‘rmoqchi.
Kompaniyaning moliyaviy muammolari Xitoyda smartfonlarning sotilish hajmi qisqarishi, ayniqsa, HTC One M9 apparatiga bo‘lgan talabning kutilgan darajada emasligi bilan bog‘liq.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish