Jamiyat | 12:19 / 14.08.2015
8039
1 daqiqa o‘qiladi
Ijtimoiy tarmoqlardan reportajlar: suv ostida qolgan Argentina
Kuchli suv toshqinlari Argentinaning Buenos-Ayres provinsiyasida suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Bir necha kun ichida 350 millimetr yog‘in yog‘di. Avgust oyidagi jami yog‘ingarchiliklar miqdori esa o‘rtacha 60 millimetrni tashkil etadi.
Yuzaga kelgan tabiiy ofat natijasida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 11 ming nafardan ziyod aholi evakuatsiya qilindi. Hududdagi daryolar o‘z o‘zanidan toshib, jiddiy xavf uyg‘otdi.
Jumladan, Arresifes daryosi sathi masumiy me'yordan ikki barobar balandlagan.
Tabiiy ofatdan provinsiya shimoli va shimoli-sharqidagi Luxan, Pilar, San Antonio de Areko, Mersedes, Salto i Tigre shaharlari aholisi eng ko‘p aziyat chekmoqda.
Sinoptiklarning bashoratlariga ko‘ra, quruq ob-havo mintaqaga hafta oxirida kirib keladi.