11:29 / 14.08.2015
2849

Italiyaning «Parma» klubi bankrotlik tufayli sovrinlarini kim oshdi savdosiga qo‘ydi

Bankrotga uchragan "Parma" klubi erishgan kuboklar va sovrinlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deya xabar berdi Football Italia nashri. Jamoa rahbariyati shu yo‘l orqali klub qarzlarining ma'lum bir qismini to‘lashni maqsad qilishgan

“Parma” ma'murlari Anjyelo Anedda va Alberto Giotto bu xabarni tasdiqlashdi.

Shu tariqa, jamoaga tegishli 3ta Italiya Kubogi, 2ta UYeFA Kubogi, bittadan Yevropa va Italiya Superkuboklari, shuningdek, Kubok egalari kubogi ham sotuvga qo‘yildi.

Ma'lumot uchun, “Parma” yangi mavsumni Italiya “D” seriyasida «Parma Kalcho 1913» nomi bilan boshlaydi. Klubning umumiy qarzi 200 million dollarga baholangan.

Top