Jahon | 20:01 / 14.08.2015
3545
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri Kubaga yetib keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Kubaga tarixiy tashrifni amalga oshirdi. Ayni vaqtda u Kuba poytaxti Gavana shahriga yetib kelgan.

CNN xabariga ko‘ra, Jon Kerri 1945 yildan buyon Kubaga kelgan ilk amerikalik yuqori mansabli davlat amaldoriga aylandi.

Uning bu davlatga tashrifi 12 soat davom etishi aytilgan.

Kerri bu tashrif davomida Kubadagi AQSh elchixonasining ochilish marosimida qatnashadi va "Ozodlik oroli"ning avvalgi yetakchisi Fidel Kastro hamda hozirgi rahbar Raul Kastro bilan uchrashadi.