15:09 / 14.08.2015
1901

Lui van Gaal: Pedro - aynan biz qidirayotgan futbolchi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gaal "Barselona" hujumchisi Pedro Rodrigesga qiziqish bo‘lganini tasdiqladi.

"Pedro "MYu"ga o‘tadimi? Bu haqida uning o‘zidan so‘raganingiz ma'qul. Men esa faqat shuni aytishim mumkinki, muzokaralar davom etmoqda. Barchasi futbolchining istagi va klublarning xohishiga bog‘liq. Hozircha u jamoamiz safiga o‘tmagan ekan, boshqa hech narsa demayman.

U jamoamizga o‘tishi bilan: "Pedro - "MYu" futbolchisi", deyman. Ammo hozircha bunday bo‘lgani yo‘q. Pedro aynan biz qidirayotgan futbolchimi? Ha! Aynan shunday deb yozishingiz mumkin", - deydi van Gaal.

Top