Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya Maldivdan topilgan qoldiqlarning Boeing’ga aloqador ekanligi inkor qildi
Maldiv orollariga u yerdan topilgan predmetlarni o‘rganish uchun yuborilgan bir guruh malayziyalik ekspertlar ushbu topilmalarning Malaysia Airlines kompaniyasining o‘tgan yili g‘oyib bo‘lgan Boeing samolyotiga aloqador emasligi haqida xulosa chiqarishdi. Bu haqda Malayziya transpor vaziri Liou Tiong Lay ma'lum qildi.
“Ularning MN370 reysiga aloqasi yo‘q, bu hatto aviatsion material ham emas”, – uning so‘zlarini keltiradi mahalliy The Star nashri.
Ilgariroq Malayziya rasmiylari va Avstraliya qidiruvchilar muvofiqlashtirish markazi 29 iyul kuni Hind okeanidagi Reyunon orolidan topilgan qanot bo‘lagining aynan qidirilayotgan havo kemasiga tegishli ekanligini tasdiqlashgan edi.
Boeing-777 2014 yilning 8 martida Kuala-Lumpurdan Pekinga ketayotganida kutilmaganda radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Uning bortida 239 kishi bor edi.