18:59 / 14.08.2015
2767

Nukusda "VAZ-2106" avtomobilini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar IIB navbatchilik qismiga mahalliy aholi vakilidan “VAZ-2106" rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, avtomobil arizachi tomonidan qarovsiz qoldirilgani ma'lum bo‘lgan. Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs shu Nukus tumanida istiqomat qiluvchi 33 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi va u qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top