16:58 / 14.08.2015
2514

O‘zbekistonda ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar miqdori 3.6 barobarga qisqaradi

2016 yilga qadar O‘zbekistonda ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar miqdori 3.6 barobarga qisqaradi. Bu haqda “Narodnoye slovo” gazetasi yozmoqda.
Ushbu parametrlar 2015-2016 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, kim oshdi savdolarida 780dan ortiq davlat korxonalarni sotish ko‘zda tutilmoqda. 280dan ortiq nostrategik korxonalardagi davlat ulushini butunlay sotib yuborish rejalashtirilmoqda.

Davlat mulkining ishlatilmayotgan 452 obekti strategik investorlarning diqqatini tortish uchun amalda bepul realizatsiya qilinadi. Shuningdek, ishlab turgan 200dan ortiq shirkatda davlat ulushi 51 foizgacha qisqartiriladi. Bu ish fond bozoriga 450 mlr so‘mlik qo‘shimcha aksiyalarning chiqarilishi hisobiga amalga oshiriladi. Ular birja sotuvlarida xususiy investorlarga realizatsiya qilinadi.

Top