Jamiyat | 07:04 / 14.08.2015
1796
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik haj ziyoratchilari uchun Olma-ota-Jidda reysi tashkil etiladi

Qozog‘istonlik haj ziyoratchilari Olma-otadan Jiddaga to‘g‘ri parvoz qilishlari mumkin bo‘ladi. Flaynas aviakompaniyasining 4 ta samolyoti kuniga 3 tadan reys amalga oshiradi.

Bu haqda Qirg‘iziston musulmonlar diniy boshqarmasi haj safari raisi Serikboy hoji O‘rozning Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida ma'lum bo‘ldi. Qozog‘iston vakili Ar-Riyodda “Nas” aviaxoldingi rahbari Ahmad Sulton bilan uchrashdi.     

Uchrashuvda Qozog‘istonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida xalqaro aviaxolding vakillari bilan qozog‘istonlik haj ziyoratchilarini haj mavsumida tashish masalalari muhokama qilindi.    

Ikki tomonlama muhzokaralar natijasida tomonlar umumiy kelishuv imzolashdi.

Kelishuvga ko‘ra, joriy yilda qozog‘istonlik haj ziyoratchilari Makkaga Flaynas aviakopaniyasi tomonidan yetkaziladi. Ziyoratchilar 375 kishilik Airbus330,  300 kishilik Boeing767 va 210 kishilik Boeing757 samolyotlari yordamida manzilga yetkaziladi.  

Bugungi kunda Flaynas aviakompaniyasi dunyoning turli davlatlari, xususan, Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Boltiqbo‘yi davlatlari, Afrika, Markaziy Osiyodan haj ziyoratchilarini Saudiya Arabistoniga yetkazishni amalga oshiradi.

Joriy yilda haj mavsumi 11 sentabrdan 7 oktabrgacha davom etadi. Qozog‘iston fuqarolari o‘z istaklariga ko‘ra 17 yoki 21 kunlik haj safarlarini tanlashlari mumkin.

Ziyoratchilarning moddiy imkoniyatlariga ko‘ra turli darajadagi paketlar taklif qilindi. Hajni amalga oshiruvchi kompaniyalar tomonidan taklif qilinayotgan standart paket 3200-3900 dollarni tashkil qiladi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish