19:35 / 14.08.2015
2251

Sankt- Peterburgda “Hizb ut-Tahrir” a'zosi 5 yillik qamoq jazosiga tortildi

Sankt-Peterburg sudi Qirg‘iziston fuqarosi Mahamadamin Soliyevni “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotida ishtirok etgani uchun 5 yil qattiq tartibdagi koloniyada jazoni o‘tash jazosiga tortdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Qayd etilishicha, Soliyev tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lib, avval tergovga noma'lum bo‘lgan tashkilotning boshqa ishtirokchilarini fosh qiluvchi ko‘rsatmalar bergan.

Avvalroq Nijniy Novgorod sudi “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” terrorchilik tashkilotining 4 nafar a'zosiga ayblov hukmini chiqarib, ularga 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan.

Top