Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:16 / 14.08.2015
3292
1 daqiqa o‘qiladi
Tantszindagi kompaniyalar Zurich Insurance`dan sug‘urta badallarini talab qilmoqda
Zurich Insurance Group sug‘urta kompaniyasining Xitoydagi bo‘linmasi ikkita kuchli portlash sodir bo‘lgan Tyantszin shahrida joylashgan kompaniyalardan yo‘qotishlar miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlar kelib tushayotganini e'lon qildi, deb yozadi Reuters.
Hodisadan aziyat chekkan kompaniyalar o‘z sug‘urta badallarining to‘lanishini talab qilmoqda.
Ayni paytda Zurich Insurance Group yo‘qotishlarning potensial bahosini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Bundan avvalroq esa portda 5 ming dona atrofida avtomobil yonib ketgani xabar qilingan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish