O‘zbekiston | 12:07 / 14.08.2015
3322
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro aeroportining VIP va CIP zallari rekonstruksiyasi sentabrga qadar tugallanadi

Toshkent xalqaro aeroportining VIP va CIP zallari rekonstruksiyasi Mustaqillik kunigacha tugallanib, ular ekspluatatsiyaga topshiriladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri xabar berdi.

Bundan tashqari, uchib ketuvchi yo‘lovchilar uchun yangi blok, mahalliy reyslar terminali, tranzit zali ishga tushirilishi kutilmoqda.

Eng katta loyihalardan biri Toshkent-4 terminalining qurilishi bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish