12:17 / 14.08.2015
3602

Toshkentda aviatsiya uskunalari va qurol-yarog‘lari ko‘rgazmasi bekor qilindi

15 avgust kuni soat 7:00dan 12:00ga qadar Toshkent mexanika zavodida (sobiq TAPOiCh) o‘tkazilishi kutilayotgan ko‘rgazma bekor qilindi. Bu haqda tashkilotchilar ma'lum qilishgan.

Ko‘rgazmaning bekor qilinishiga nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma'lum qilinmagan.

Biroz oldinroq, zavod hududida shu kuni aviatsiya texnikalari va qurol yarog‘lari boshqa bir qator samolyot uchun zarur uskunalarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.

14 avgust kuni esa Toshkent ko‘chalari bo‘ylab olib ketilayotgan samolyot suratlari Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylangani haqida xabar berilgandi.

Top