Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda robotlar va retro-avtomobillar muzeyi ish boshladi
Toshkent shahrida yangi Politexnika muzeyi ochildi. Bu haqda “O‘zbekturizm” MK matbuot kotibi Hafiza Bo‘ronova ma'lumot berdi.
Aytilishicha, muzey ekspozitsion va interfaol hududlardan iborat.
Birinchi hududda retro-avtomobillar, qadimiy qishloq xo‘jaligi texnikalari namoyish etiladi. Shuningdek, u yerda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan barcha avtomobillarni ko‘rish mumkin. Asosiysi, O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan “Kinetik kichik shaharlar” 3d-mapping shousi tashkil etildi.
Interfaol hududda esa tabiiy fanlarga bag‘ishlangan eksponatlar namoyish etiladi.