O‘zbekiston | 10:10 / 14.08.2015
3578
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning Ibn Sino mavzesida yangi madaniyat va istirohat bog‘i tashkil etiladi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanining Ibn Sino mavzesida joylashgan tashlandiq hududda yangi madaniyat va istirohat bog‘i tashkil etiladi. Bu haqda 12news yangiliklar agentligi xabar tarqatdi.

Shayxontohur tuman hokimi Mira'zam Mirqosimovning qayd etishicha, yangi bog‘ning qurilish loyihasi Toshkent shahar hokimligiga tasdiqdan o‘tish uchun yuborilgan.

«Yil so‘nggiga qadar 8 gektar maydonda yangi madaniyat va istirohat bog‘ini qurish ishlari boshlanadi», — deya tuman hokimining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda yuqorida nomi ko‘rsatilgan manbada.

Biroz oldinroq, Toshkentdagi Ibn Sino mavzesida yoqilgan maishiy chiqindilarning tutunidan mahalliy aholi norozi bo‘layotgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish