Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri koalitsion hukumat tuzish haqidagi muzokaralarning omadsiz kechganini tan oldi
Turkiya bosh vaziri, Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakchisi Ahmad Dovudo‘g‘li koalitsion hukumat tuzish haqidagi muzokaralarning muvaffaqiyatsiz kechganini tan oldi. Bu haqda 13 avgust kuni AFP agentligi xabar qildi.
Dushanba kuni bosh vazir partiyasi muxolif Xalq respublikachi partiyasi bilan koalitsion hukumat tuzish borasidagi muzokaralarni boshlashi haqida xabar qilingan edi. Endi muzokara tomonlari kelishuvga erisha olmagani ma'lum bo‘ldi.
7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Adolat va taraqqiyot partiyasi g‘alaba qozondi, ammo 2002 yildan buyon birinchi marta parlamentda mutlaq ko‘pchilikni tashkil etmadi. Shu bois u hukumatni yolg‘iz shakllantirish huquqidan mahrum bo‘ldi.