14:20 / 14.08.2015
5117

Tyantszinda portlash yuz bergan hududdan tirik qolgan odam qutqarib olindi

Xitoyning Tyantszin shahrida sodir bo‘lgan portlash hududida qutqaruvchilar tirik qolgan odamni qutqarib olishdi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, fuqaro 14 avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan coat 07:05da qutqarilgan (04:05 Toshkent vaqti bilan).

Jabrlanuvchining shaxsi hozircha noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Jabrlanganlarni izlash ishlari davom etmoqda. Biroq kuchli portlash natijasida kelib chiqqan yong‘in yetkazgan zarar natijasida qutqaruv ishlari juda murakkab kechmoqda.

Qutqaruv ishlarida 1020 nafardan ortiq ishchilar qatnashmoqda, deya aniqlik kiritadi shahar yong‘in xavfsizlik xizmati rahbari Chjou Tyan.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, portlash Xitoy poytaxti Pekin shahrining janubiy-sharqiy tomonidan 120 km. Uzoqlikdagi Tyantszin shahrida sodir bo‘lgan.

Portlashga port hududidagi konteynerlardan birida kelib chiqqan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida halok bo‘lganlar soni 55 nafarni, jarohatlanganlar esa 700 nafar ortiq kishini tashkil qilmoqda.

Top