Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:03 / 14.08.2015
3065
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiyada bir sutkada ikkinchi bor yer qimirladi
Yaponiya sharqida bir sutka ichida ikkinchi marta kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Yaponiya metereologiya xizmatining xabar qilishicha, oxirgi zilzilaning magnitudasi Rixter shkalasi bo‘yicha 5.1 ballni tashkil qilgan.
Episentr Xokkaydo orolining Tokati tumanida joylashgan. Ofat o‘chog‘i 80 km yer tubida bo‘lgan.
O‘sha kuni ertalab 5.0 magnitudali silkinish Xonsyu orolida, Fukusima prefekturasida kuzatilgan. Silkinish Tokioga ham ta'sir ko‘rsatgan.
Zilzilalar sunami xavfini keltirib chiqarmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish