O‘zbekiston | 06:42 / 14.08.2015
2252
2 daqiqa o‘qiladi

“Toza havo” tadbirining birinchi bosqichida 120 mingta avtotransport vositasi tekshirildi

O‘zbekiston viloyatlarida 10 avgustdan “Toza havo” tadbirining 2-bosqichi boshlandi. Tadbirning 1-bosqichi 10 apreldan 10 maygacha mobaynida o‘tgan bo‘lib, avtotransport vositalarining salbiy ta'sirini kamaytirishga qaratilgan edi. Toshkent shahrida avtotransport vositalari 10 sentabrdan 10 oktabrgacha vaqt mobaynida tekshiriladi.

O‘tkazilayotgan tadbirlardan maqsad harakatlanuvchi ifloslanish manbalarining davlat nazoratini amalga oshirish, avtotransportning atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta'sirini kamaytirish, keng jamoatchilikning atmosfera havosini muhofaza qilish masalalariga e'tiborini qaratish, fuqarolar va korxonalar tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya qilinishini amalga oshirishdan iborat. 

Tadbir Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bosh boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitar epidemiologiya nazorati markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Avtotransport vositalari gaz-tahlil qiluvchi asboblar yordamida zaharlilikka va ishlab bo‘lingan gazlarning tutun chiqarilishiga tekshiriladi. O‘lchov natijalari dalolatnomaga qiritilib, olingan natijalar o‘rnatilgan me'yorlardan oshgan hollarda aavtotransport egasiga nisbatan ma'muriy choralar ko‘riladi. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Nazorat o‘tkazilishi davomida avtotransport korxonalari, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va avtomobillar ta'mirlash zavodlari tekshirilishiga alohida e'tibor qaratiladi.

2015 yilda “Toza havo” tadbirining 1-bosqichi yakunlariga ko‘ra 120 mingta transport vositasi, 37 ta avtotransport korxonasi, 16 ta yoqilg‘i quyish shaxobchasi, 4 ta texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi tekshirildi. 

Olib borilgan tadbirlar natijalari avtotransport vositalaridan ishlab bo‘lingan gazlardan chiqariladigan zaharli moddalarni kamaytirishga imkon beradi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish