02:09 / 15.08.2015
2693

“Bavariya” Bundesliganing ilk uchrashuvida “Gamburg”ni tor-mor etdi

14 avgustda Germaniya chempionatining yangi mavsumi boshlandi. Bundesliga ochilishi uchrashuvida amaldagi chempion “Bavariya” va “Gamburg” to‘qnashdi.

Xosep Gvardiola shogirdlari raqibni 5:0 hisobida tor-mor qilishdi. Birinchi to‘pni uchrashuvning 27-daqiqasida Mexdi Benatiya Xabi Alonso uzatmasidan kiritdi. 53-daqiqada Robert Levandovski “Bavariya”ning ustunligini 2 ta to‘p farqiga yetkazdi. Myunxenliklar hujumchisi Tomas Myuller 69- va 73-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi. Va nihoyat jamoaning yangi o‘yinchisi Duglas Kosta 87-daqiqada kiritgan to‘pi bilan uchrashuv hisobida yakuniy nuqta qo‘ydi.

22 avgustda 2-turda “Bavariya” mehmonda “Xoffenxaym” bilan uchrashadi, “Gamburg” esa o‘z maydonida “Shtutgart”ni qabul qiladi.

Shuningdek, 1-tur doirasida quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi: 15-avgust – Bayyer – Xoffenxaym; Augsburg – Gerta; Verder –  Shalke; Maynts – Ingolshtadt; Darmshtadt – Gannover; Borussiya M – Borussiya D; 16-avgust – Volfsburg – Ayntraxt; Shtutgart – Kyoln.

Germaniya - Bundesliga. 1- tur

Bavariya (Myunxen) – Gamburg (Gamburg) – 5:0

Gollar: Benatia, 27 (1:0); Levandovski, 53 (2:0); Myuller, 69 (3:0); Myuller, 73 (4:0); Kosta, 87 (5:0).

Top